Namangan tumanidagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Joriy yilning 28 oktyabr, payshanba kuni “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta’mirlash yillik rejasiga asosan elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya xolatlarini oldini olish maqsadida, viloyatning:

Namangan tumanidagi 110/35/10 kVli "Toshbuloq” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Namangan tumanining “Tepaqo'rg'on”, "Qizg'izqo'rg'on", "Oq buloq", "Mullakuding", "Kichik Toshbuloq", "Navqiron", "Tepaqiyot" MFYlar hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!